Shota Arveladze: Endi bor e`tiborni ichki musobaqalarga qaratamiz

“Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Osiyo Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng ruhiy jihatdan biroz qiyin holat mavjud edi. Lekin bugun birinchi bo`lim biz uchun juda omadli boshlandi. Endi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi biz uchun tugadi. Bor e`tiborni ichki chempionat, kubok va liga kubogiga qaratamiz. Bugun birinchi bo`limda jamoamiz namoyish etgan o`yin uchun yigitlarni faqat va faqat maqtashim mumkin. Tarkibdagi barchaga sekin-asta o`yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Zero yaqinda terma jamoa safiga 11 nafar o`yinchimiz yo`l oladi. Biz esa ixtiyorimizda mavjud futbolchilar bilan yana 4 kundan so`ng o`yin o`tkazamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb