Mirjalol Qosimov: Barqaror o`yin ko`rsata olmayapmiz, rahbariyatdan iste`fo so`rayman

“Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Nechanchi o`yindirki, birinchi bo`limni u qadar muvaffaqiyatli o`tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o`yinlarda, safarda ham birinchi bo`limda umuman o`yinimiz qovushmadi. Qolaversa, ko`plab o`yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o`z darvozamizdan gol o`tkazib yuboryapmiz. Buni statistika ham ko`rsatib turibdi. Bugun “Paxtakor” jamoasi haqli tarzda g`alaba qozondi. Nimagadir o`yinimiz barqaror ko`rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste`fo so`rayman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb