“Navbahor” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Jamshid Saidov quyidagicha fikr bildirdi:
- “Vodiy derbisi”da ilk marta ishtirok etdim. Bugun shogirdlarim ko`rsatgan o`yin, ularning maydonda borlarini berib harakat qilganlaridan mamnun bo`ldim. Afsus, o`yin so`nggida o`z darvozamizdan gol o`tkazib yubordik. Namanganlik ishqibozlarga ham rahmat. Bunday muxlislar qarshisida har qanday jamoa ham yanada yaxshiroq o`ynashga intiladi. O`yin bo`yicha gapiradigan bo`lsam, kichik xatolar bo`ldi. Lekin ushbu xatolarni sekin-asta o`yindan-o`yinga to`g`rilab boramiz. Bugun bizni qo`llab-quvvatlash uchun kelgan andijonlik ishqibozlarga ham tashakkur. Ular bizni ajoyib tarzda qo`llab turishdi, -dedi mutaxassis.