Andrey Kanchelskis: Maydonda ha deb cho`zilib yotib olaverish – professional futbolchining ishi emas

“Navbahor” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirdi: 

- Yana bir uchrashuvda 2 ochkoni shunchaki berib yubordik. Hakamlik borasida esa nima deyishga ham hayronman. Barchasi hakamning vijdoniga havola. Qolaversa, o`yinchilar to`p uchun kurashda boshiga to`p tekkach, maydonda 5 daqiqalab cho`zilib yotib olishyapti. Bu holat futbolchining o`zi uchun uyatli vaziyat emasmi? Angliyada bunday holat uchun allaqachon bunday o`yinchidan voz kechib yuborgan bo`lishar edi. Bu – haqiqiy futbol emas. Maydonda ha deb cho`zilib yotib olaverish – ish emasda. Xuddiki, raqqosalar maydonga chiqqandek. Agar kimnidir to`p uchun kurashdan so`ng tez yordam olib ketganda, tushungan bo`lar edim. Natijada esa o`yin vaqtini yo`qotyapmiz. Uyat, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb