Andrey Shipilov: “Bunyodkor” bugun haqli ravishda g`alaba qozondi

“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bu yilgi mavsumdagi eng yomon o`yinimizni o`tkazdik. O`yinni qanday ta`riflashni ham bilmayapman. Mag`lubiyatdagi ayb – to`laligicha mening zimmamda. Tarkib tanlashda xato qildim. Barchaga o`ynash imkonini taqdim etishga harakat qilayotgan edim. Namanganda yaxshi o`ynagan edik. Lekin undan ko`ra, Namanganda bunday yomon o`ynab, bugun uyda g`alaba qozonsak yaxshiroq bo`lar edi balkim. “Bunyodkor” esa bugun haqli ravishda g`alaba qozondi. Vadim Abramov shogirdilari bugun g`alabaga haqli o`yin namoyish etishdi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb