“Surxon” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mehmonlar jamoasi Vitse-prezidenti Vitaliy Ni quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi bahs yaxshi o`tdi. Ikkala jamoa ham uchrashuvga g`alabani ko`zlagan holda tayyorlangan edi. Bu o`yin davomida ham sezilib turdi. Biz ham bugun faqat va faqat g`alaba qozonish maqsadida edik. Lekin bugun unday bo`lmadi, yakunda imkoniyatni boy berib qo`ydik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Afsus, bugun yakuniy natija bizning foydamizga hal bo`lmadi, - dedi mutaxassis.