Hamid Aktamov: Bugun 10ta tur ichidagi eng qiziqarli uchrashuvni o`tkazdik

“Dinamo” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamid Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- “Dinamo” jamoasi uyda yutkazmay kelayotganini bilar edik. Shuni inobatga olgan holda yaxshi hozirlik ko`rgan edik. Ikkala jamoa ham yaxshi o`yin namoyish etdi va yakunda jangovar durang qayd etildi. Bugun har ikki jamoa ham muxlislarga yoqadigan o`yin namoyish etdi. O`yin shiddati ancha yuqori bo`ldi. Menimcha, 10ta tur ichidagi eng qiziqarli uchrashuvni o`tkazdik. Bugun har ikkala jamoa ham g`alaba qozonib ketishi mumkin edi. Lekin g`alabani o`z tomoniga og`dirish uchun ikkala jamoaga ham oxirida biroz omad etishmadi, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb