“Surxon” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Anchagina qiyin uchrashuv o`tkazdik. Uyda hamisha ham hujumkor o`yin namoyish etish oson emas. Qo`qon jamoasiga ham bugun ochko juda ham zarur edi. Shu sababdan raqib ham bugun ancha qarshilik ko`rsatdi. Lekin baribir yakunda o`yin taqdirini hal etgan golni biz urishga muvaffaq bo`ldik. Bundan juda ham mamnunman. Endi e`tiborni kelasi uchrashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis.