CocaColaSuperliganing 2019 yilgi mavsumida u qadar muvaffaqiyatli odimlay olmayotgan “Qo`qon-1912” futbol klubi bosh murabbiy No``mon Hasanov bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Klub shuningdek, ikki nafar legioner futbolchilar – Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan ham xayrlashishga qaror qildi. Natijada Qo`qon shahri jamoasi No``mon Hasanov, Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichni PFL ro`yxatidan chiqardi.
Ta`kidlash joiz, No``mon Hasanov 2016 yilning 2-davrasidan boshlab “Qo`qon-1912”ni boshqarib kelayotgan edi.