
O`zbekiston Professional futbol ligasi so`nggi vaqtlarda klublarning o`z sobiq futbolchi hamda murabbiylari oldida qarz majburiyati bo`lmasligi masalasiga juda jiddiy e`tibor qaratib kelmoqda.
O`tgan vaqt mobaynida bir qator futbolchi hamda murabbiylar O`zbekiston Professional futbol ligasiga o`zlari ilgari faoliyat olib borgan klublar ularga maosh yoki mukofot puli bo`yicha qarzga egaligi bo`yicha murojaat etdi. O`zPFL bu kabi muammolarni hal etish masalasini jiddiy nazorat eta boshladi. Natijada mavsum boshidan buyon qator klublar o`z sobiq futbolchisi va murabbiylari hisob raqamlariga to`lanishi lozim bo`lgan summalarni o`tkazib bera boshlashdi.
Ayni paytga kelib O`zPFLga Superliga klublarining maosh yoki mukofot puli bo`yicha qarzdorlik masalasi yuzasidan kelib tushgan ariza egalarining barchasi bilan klublar hisob-kitobni amalga oshirdi va bu borada muammoga ega klub qolgani yo`q.