Ushbu hafta oxirida CocaColaSuperligada 10-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida Namanganda “Vodiy derbisi” o`tkaziladi. “Navbahor” o`z uyida “Andijon” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda “lochinlar” qizil rangli libosda maydonga chiqishadi. “Burgutlar” jamoasi esa oq rangdagi formalarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Navbahor” — “Andijon” uchrashuvi 25 may, shanba kuni soat 18:50da bo`lib o`tadi.