“Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mezbonlar murabbiyi Mirislom Hasanov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun ikki jamoa ham yaxshi o`yin o`tkazdi. Sababi har ikkala jamoa ham – “Dinamo” ham, biz ham faqat g`alabani ko`zlagan holda maydonga chiqqan edik. O`ylashimcha, o`yin davomida bizda ko`proq golli vaziyatlar yuzaga kelgan edi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. O`yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Sababi ikki jamoa ham gol urilmagan bo`lsa-da, muxlislarga yoqadigan o`yin ko`rsatib berishdi. Endi keyingi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko`rib, faqat g`alaba qozonishga intilamiz, - dedi murabbiy.