“Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun jangovar o`yin guvohi bo`ldik. Faqat o`yinni bezash uchun gollar etishmadi xolos. Biz Buxoroga 3 ochko qo`lga kiritish uchun kelgan edik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Asosiysi – ochko qo`lga kiritildi. Har bir ochko o`z qadriga ega. Biz bugun yomon o`yin ko`rsatmadik. Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo`q. Hujumga o`tishga intildik. Sekin-asta kelasi o`yinlarda ijobiy natijaga ham erishamiz. Endi e`tiborni keyingi o`yinga puxta tayyorlanishga qaratamiz, - dedi mutaxassis.