Andrey Kanchelskis: Oddiy vaziyatlarda ham maydonga yotib olaverish o`yin jozibasini buzadi

“Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Biroz asabiy o`yin bo`ldi. Agar birinchi bo`lib raqib darvozasini ishg`ol eta olganimizda, g`alaba qozonar edik. Futbolni raqqosalar o`ynamaydi. Har bir vaziyatda yiqlib, maydonda yotib olinishini aslo oqlamayman. Bu o`yin tempini tushuradi va o`yin jozibasini butunlay yo`qotadi. Bugun tez yordam vakillari ko`magi kerak bo`ladigan vaziyat umuman bo`lgani yo`q. Lekin ko`plab vaziyatlarda o`yinchilar oddiy holatlarda ham maydonga cho`zilib olishdi. Agar biz raqib darvozasini birinchi bo`lib ishg`ol etganimizda, aminmanki, butunlay boshqacha o`yin ketardi. G`alaba qozona olmadik – o`zimiz aybdormiz. Bugun 2 ochkoni yo`qotdik. Lekin o`z shogirdlarimdan maydonda ha deb yotib olavermaganliklari uchun mamnunman. Shu boisdan ham ularni hurmat qilaman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb