“Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Yodingizda bo`lsa, o`tgan mavsumda ham jamoamiz Namanganda 0:0 hisobida durang qayd etgan edi. “Navbahor” jamoasiga ajoyib mehmonnavozlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi. Hafta davomida shogirdlarimni bunday ko`psonli ishqiboz tashrif buyuradigan stadionda to`p surishga tayyorlashga intilgan edim. Birinchi bo`limda aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelgani yo`q. Birinchi bo`limda biz to`pni nazorat qilishga urindik, ikkinchi taymda esa “Navbahor” uzun paslar va to`p uzatmalar orqali o`ynashga urindi. O`yin so`nggida bizda 2 ta yaxshi vaziyata yuzaga keldi. Lekin ulardan naf chiqara olmadik. Yakunda qayd etilgan natija o`yinga mos bo`ldi, - dedi mutaxassis.