Mirjalol Qosimov: Jamoamizga xarakter etishmadi

AGMK – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Afsus, kechagina bo`lib o`tgan metallurgchilar kuniga bag`ishlab jamoamiz ishqibozlarini xushnud etish maqsadida edik. Bugun ikki xil bo`limlar guvohiga aylandik. Birinchi bo`limda aslo o`yinimiz qovushmadi. Penaltidan ham unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo`limda esa o`yin borishini o`zgartira olmadik. Afsus, jamoamizga bugun xarakter etishmadi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb