Ulug`bek Baqoev: Bahs davomida tartibli o`yin ko`rsatishga intildik

AGMK – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ulug`bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Musobaqa jadvalida yaqin joylashgan edik va bugungi bahs shu sababdan ham ancha qiyin tarzda o`tishini bilar edik. Uchrashuv chindan ham ancha qiyin o`tdi. Bizga tezkor gol kirita olganimiz ancha naf berdi. Yigitlar butun bahs davomida tartibli o`yin ko`rsatishga intilishdi va buni uddalay olishdi. Yakunda raqib darvozasiga ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo`ldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb