Ro`ziqul Berdiev: G`alaba uchun maydonga chiqqan edik

“Nasaf” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun haqli tarzda g`alabaga erishdik. Ushbu g`alaba bilan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman. Bugun o`yinimiz yaxshi chiqdi, mazmunli o`yin namoyish etdik va ustunlikni hisobda ham aks ettira oldik. Yigitlar berilgan ko`rsatmalarni aniq bajarishdi. Ularning harakatlaridan mamnunman. Bugun o`yinimiz ancha qovushdi. 2 ta gol kiritishdan tashqari ko`plab qulay imkoniyatlarga ega bo`ldik. Agar shunday vaziyatlardan yana foydalanganimizda hisob yirikroq bo`lishi ham mumkin edi. G`alaba uchun maydonga chiqqan edik va bunga erisha oldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb