Andrey Miklyaev: Qayd etilgan natijadan juda ham mamnunman

“Qizilqum” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Juda qiyin o`yin bo`ldi. Saviya jihatidan bir-biriga ancha yaqin jamoalar maydonda o`zaro bahs olib bordi. Musobaqa jadvalini inobatga olganda bizga 3 ochko qo`lga kiritish juda ham zarur edi. 3 bora raqib darvozasini ishg`ol eta oldik. Lekin zarur bo`lmagan vaziyatda 1 ta gol o`tkazib yubordik. Asosiysi – g`alaba qozondik. Natijadan mamnunman. Kelasi o`yinlarga tayyorlanishga, xatolarni tuzatishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb