Andrey Fyodorov: Biz bugun g`alabaga loyiq o`yin ko`rsatmadik

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- O`yinga qandaydir aniq izoh berishim qiyin, to`g`risi. Bizning jamoamizda bugun ko`p rejalar ish bermadi. Bugun biz juda past tezlikda o`yin namoyish etdik. Bu esa “Bunyodkor”ga himoyalanishda qulaylik yaratdi. Yigitlardan birinchi navbatda to`pni tezroq harakatlantirishni so`ragan edik. Lekin bu ishni uddalay olmadik. Yakunda qayd etilgan natija adolatli bo`lganini ta`kidlay olaman. Biz bugun g`alabaga loyiq o`yin ko`rsatmadik. Xolbuki, birinchi bo`limda bir nechta qulay imkoniyatkar yarata olgan edik, - deya fikr bildirdi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb