“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Toshkent jamoalarining har bir o`yini ularning musobaqa jadvalida egallab turgan o`rnidan qat`iy nazar shunday murosasiz ruhda o`tadi. Yosh yigitlar shunday bahsda o`zlarini u qadar yo`qotib qo`yishmaganidan xursandman. Bugun biz o`zmizning eng yaxshi o`yinimizni namoyish eta olmadik. Bugun har ikki jamoa ham yakunda g`alaba qozonib ketishi mumkin edi. Ikkinchi bo`limda “Lokomotiv”ning hujumga o`tishi va gol urishga shoshilishini bilgan holda asosan ularni qarshi hujumda jazolashga urindik. Bizda qulay imkoniyatlar bo`ldi. Lekin yigitlar biroz yosh ekani sabab raqib darvozasini ishg`ol eta olishmadi. Ularga biroz sovuqqonlik etishmadi. Agar biroz tajribaliroq futbolchi bo`lganda vaziyatlardan unumli foydalangan bo`larmidik, - dedi mutaxassis.