
Bugun Coca Cola Superliganing 9-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvi o`tkazildi.
O`zPFL tashabbusi bilan Coca Cola Superliga klublari ishtirokida “Saratondan soyabon bo`l” aktsiyasi o`tkazib kelinmoqda. “Lokomotiv” futbol klubi ham ushbu aktsiyada eng faol qatnashayotgan jamoalardan biri bo`lib turibdi.
Shu bois bugungi o`yin oldidan o`ziga xos aksiya o`tkazildi. Bunda “Lokomotiv” PFK yordam berishni maqsad qilgan saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan 12 yoshli Ro`ziboeva Shahzoda bilan taniqli bokschilarimizdan biri Murodjon Ahmadaliyev ramziy ma`noda maydon markazidan o`yinni boshlab berishdi.
“Lokomotiv” - “Bunyodkor” uchrashuviga tashrif buyuradigan saxovatpesha muxlislar uchun stadionga kiraverishda ehson qutisi ham o`rnatildi.
Shuningdek, O`zbekiston Professional futbol ligasi hamkori – “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi Shahzodaga 3 000 000 so`m hadiya etdi.
Karta raqami: 8600 0423 5775 2319 (Mamatkarimov Farhod Ro`ziboevich)
Kim qancha niyat qilsa, ko`nglidan kelib chiqqan holda diliga tugib qo`ygan ehsonini plastik kartaga o`tkazib berishi mumkin.