“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- O`zbek futbolining bayroqdor jamoalaridan biriga qarshi o`yin o`tkazdik. Yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa. O`yin yomon bo`lmadi. Yigitlardan xursandman, ular maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Qolaversa, Andijondan kelib bizni qo`llab-quvvatlagan barcha ishqibozlarga tashakkur. Afsus, bugun imkoniyatni boy berdik. Endi kelasi bahslarga yanada jiddiyroq hozirlik ko`rishga urinamiz. Hali oldinda o`yinlar ko`p. Jamoamiz yangi tashkil topgan desayam bo`ladi. Zero tarkib endi shakllantirilmoqda. Jamoa Pro-ligadan chiqdi. Ba`zi vaziyatlarda to`liq uzviylik biroz etishmayotgandek. Shunday xatolarni tuzatishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.