Shota Arveladze: Raqibga aslo imkon qoldirmadik

“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi:  

- Bugun raqibga aslo imkon qoldirmadik. Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo`ldi. Agar ulardan foydalanganimizda birinchi bo`limning o`zidayoq kamida 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo`limda ham 3-4ta yaxshi vaziyatga ega bo`ldik. Asosiysi g`alaba qozondik. Taqvimimiz biroz zich, bilasiz. Tez-tez o`yin o`tkazayapmiz, safarlar, parvozlar yigitlarga albatta ta`sir o`tkazmay qolmaydi. Lekin shunday bo`lsa-da yaxshi saviyada o`ynashga intilyapmiz. Yigitlarni g`alaba bilan tabriklayman, -dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb