Coca Cola Superliga 9-tur diskvalifikatsiyalari

16-19 may kunlari CocaColaSuperligada 9-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o`tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi bir necha uchrashuvlar yakuniga ko`ra sariq kartochkalari soni to`rttaga etgan va navbatdagi tur o`yinlarini o`tkazib yuborishi lozim bo`lgan futbolchilar ro`yxatini ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, mazkur tur doirasida “Metallurg” jamoasi a`zosi Muzaffar Muzaffarov hamda “Buxoro” futbolchisi Volodimir Baenko sariq kartochkalar sabab maydonga tusha olmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb