16-19 may kunlari CocaColaSuperligada 9-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
Mazkur turning qiziqarli qarama-qarshiliklaridan birida “Andijon” o`z uyida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Uchrashuvda “burgutlar” an`anaviy oq libosda, “sherlar” esa sariq-ko`k libosda maydonga chiqishadi.
Ta`kidlash joiz, “Andijon” — “Paxtakor” uchrashuvi 16 may, payshanba kuni soat 18:30da “Sog`lom avlod” o`yingohida bo`lib o`tadi.