
Ayollar jamoalari o`rtasidagi mamlakat Superligasi 6-turi doirasidan o`rin olgan “Neftchi-W” – “Bunyodkor-W” uchrashuvi o`tkazilish sanasi o`zgardi.
“Bunyodkor-W” klubining iltimosiga asosan 6-tur doirasidagi “Neftchi” bilan Farg`onada o`tadigan uchrashuv avvaldan belgilanganidek, 20 mayda emas, balki 17 may kuni bo`lib o`tadigan bo`ldi.
Natijada “Bunyodkor-W” futbolchi qizlari ushbu safar davomida Vodiyning barcha jamoalariga qarshi o`yinlarni o`tkazib qaytadi.