
Joriy yil avvalida bir qator ilgari “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchilar klubning hali hamon qarzdorligi mavjud ekani borasida O`zbekiston Professional futbol ligasiga murojaat qilishgan edi.
O`zPFLning talabi asosida “Buxoro” klubi mavsum boshidan buyon ushbu futbolchilardan mavjud qarzlarni uzish borasida ish olib bordi va kuni kecha sobiq futbolchilari oldidagi barcha majburiyatlaridan qutildi.
Ya`ni, Aziz Ibragimov, Shavkat Mullajonov hamda Arslonmurod Omonovga ham oylik maosh hamda mukofot pullaridan qarzdorliklar o`tkazib berildi. Natijada “Buxoro” klubining sobiq o`yinchilari oldida qarzi qolmadi.