“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi kundagi eng yaxshi jamoa bilan bahs olib bordik. Ayni paytda terma jamoamizning o`zagini tashkil etuvchi futbolchilardan iborat mazkur jamoaning barcha kuchli taraflarini bilar edik. O`yin bo`yicha esa biz bugun 3 ochkoga mos o`yin namoyish etmadik. O`zimizning barcha ijobiy jihatlarimizni namoyish eta olmadik, afsuski. Yakunda qayd etilgan natijani o`yinga mos deb o`ylayman. Bugun raqib aksariyat hollarda bir o`yinchiga kam ekani umuman bilinmadi. “Loko” futbolchilari ancha erkin harakat qilishdi. Bizning o`yinimiz esa unchalik yaxshi chiqmadi. Buning sabablarini tahlil qilamiz hali va xatolarni tuzatish ustida ishlaymiz, - dedi mutaxassis.