“Surxon” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi bahs haqida gapiradigan bo`lsam, anchagina qiyin va biroz asabiy o`yin bo`ldi. Eng muhimi – yakunda o`zimiz uchun juda qimmatli bo`lgan 3 ochkoga ega chiqqanimizdan juda ham mamnunman. O`yin qiyin o`tgani sabab o`zimiz o`ylagan barcha rejalarni va harakatlarni amalga oshira olmadik. Shu jihatdan biroz ko`ngil to`lmadi. Lekin baribir g`alaba qo`lga kiritilgani kishini xursand qiladi, - dedi mutaxassis.