“Surxon” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Surxon” jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Bugungi bahs tengkurashlar ostida kechdi. Birinchi bo`limni “Surxon” ancha faol tarzda o`tkazdi. Ikkinchi taymda esa bizning yigitlar o`z o`yinini topib olishdi, yaxshi harakat qilishdi. Lekin yaratilgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi o`yinlardagi salbiy natijalardagi aybni murabbiy sifatida o`z zimmamga olaman. Endi rahbariyat bilan mening va jamoaning kelajagi haqida gaplashib olamiz. Balkim jamoada o`zgarish qilish “Buxoro” uchun foydali bo`lar, - dedi mutaxassis.