“Bunyodkor” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Odatdagidek birinchi bo`limni yaxshi o`tkazdik. Lekin bugun ham oldingi safarlardagidek ikkinchi taymni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmadik. Balki raqib jamoa ikkinchi bo`limni faolroq boshladimi, bilmadim. Natijada gol o`tkazib yubordik, so`ngra biroz asabiylashdik. Lekin yakunda baribir natijani o`zimiz tomonga hal eta oldik va g`alaba qozondik. Yigitlardan maydonda borlarini berib harakat qilishganidan mamnunman, - dedi mutaxassis.