Vitaliy Ni: Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi

“Bunyodkor” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng “Qo`qon-1912” jamoasi birinchi vitse-prezidenti Vitaliy Ni quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- Biz har bir o`yinda g`alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bugungi bahsda ham shuni maqsad qilgandik. Ikkinchi taymda raqibdan yaxshi harakat qildik. Ammo bu futbol unda shunday mag`lubiyatlar bo`lib turadi. Hisob 1:1 bo`lib turgan paytda bir qator vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Agar ularning bittasida samara keltira olganimizda ham bugun uch ochkoga ega bo`lgan bo`lardik. Afsuski, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Endi keyingi o`yinga xatolardan xulosa chiqargan holda tayyorgarlik ko`ramiz. 

Bugun bizni butun uchrashuv davomida tinimsiz qo`llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik izhor etamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb