“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Qiziqarli o`yin bo`ldi. Ikki etakchi jamoa maydonda bahs olib bordi, xavfli vaziyatlar, sariq kartochkalar va gollar etarlicha bo`ldi. Lekin achinarlisi ushbu haftada mana biz bilan, “Barselona” va “Ayaks” bilan ham bugungi o`yindagidek vaziyat yuz berdi. Chempionlar ligasi ta`siri chog`i. Achinarlisi, raqibda umuman darvozamiz tomon berilgan aniq zarbalar yo`q bo`lib turgan vaziyatda biroz bo`shashdik. Nima ham qilamiz, chempionat davom etadi, oson o`yinlar aslo yo`q. Har bir o`yin o`ziga yarasha murakkab kechmoqda. Muhimi – ochko qo`lga kiritish. Olg`a intilishda davom etamiz, - dedi mutaxassis.