Andrey Kanchelskis: Shogirdlarim ko`rsatgan o`yindan ko`nglim to`ldi

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Shogirdlarim ko`rsatgan o`yin, ularning maydondan borlarini berib harakat qilishganidan ko`nglim to`ldi. Hisobida 2ta golga ortda bora turib, “Paxtakor”dek jamoa bilan hsiobni tenglashtirish ancha mushkul vazifa sanaladi. Lekin yigitlar buni uddalay olishdi, qoyil ularga! To`g`ri, birinchi bo`limda o`yinimiz qovushmadi, biroz asabiylashdik. Balkim “Paxtakor”ning musobaqa jadvalida 1-o`rinda borayotgani ham biroz bosim yukladi. Lekin yigitlar o`yinni yomon o`tkazishmadi, ikkinchi bo`limda kichik mo`jiza ko`rsata olishdi va mag`lubiyatdan qutila oldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb