“Dinamo” – AGMK uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi bahs teng kurashlar ostida o`tdi. Lekin yuzaga kelgan xavfli vaziyatlar sonini inobatga olganda bizning jamoamiz g`alabaga ko`proq haqliroq edi va yakunda aynan biz g`alabaga erishdik. Balkim bugun bizning o`yinimiz u qadar hujumkor chiqmagandir. Bu birinchi galda havoning biroz issiqroq ekani, qolaversa ikkinchi bo`limda asosan natijani saqlab qolish uchun harakat qilganimiz bilan bog`liq. Bugungi bahsdan so`ng musobaqa jadvalida ancha yuqoriladik. Lekin hali oldinda o`yinlar ko`p. Ayni damda tarkibimizda yo`qotishlar ham bor. Asosiysi mavsumni barqaror o`tkazish lozim, qolganini esa kuzga borib sarhisob qilamiz, - dedi mutaxassis.