“Dinamo” – AGMK uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ob-havo biroz issiqligiga qaramasdan birinchi bo`limda ancha jonli o`yin namoyish etildi. Har ikkala jamoa ham stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar zerikib qolmaydigan tarzda hujumkor o`ynashga intildi. “Dinamo” ham, AGMK ham tez-tez hujumlar tashkil etdi. Afsus, bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik. Oddiy vaziyatda to`p yo`qotildi va raqib bundan unumli foydalandi. “Dinamo” esa goldan so`ng qarshi hujumlarda ancha yaxshi harakat qildi. “Dinamo” jamoasini bugungi qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis.