
Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi sog`lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida “Saratondan soyabon bo`l” nomli xayriya aktsiyasini boshlagandi.
Bu savobli aktsiyada “Navbahor” futbol klubi ham qatnashmoqda. Aynan shu maqsadda Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot Markazining Namangan viloyat filialida ro`yxatda turgan va moddiy yordamga muxtoj bo`lgan bolalar orasida davolanayotgan 2011 yilning 17 oktyabrda tug`ilgan, Uchqo`rg`on tumani, Qo`g`ay QFYda yashovchi Olimjonov Saidkamol Rustam o`g`li xonadoniga klub vakillari borib, bemorning holidan xabar olishdi. Olimjonovga klub tomonidan esdalik sovg`alari topshirildi.
Saidkamolga yordam berishni istaganlar maxsus ochilgan plastik kartaga pul o`tkazishlari yoki Coca Cola Superliganing 10-turida “Markaziy” stadionga o`rnatiladigan xayriya qutiga pul mablag`larini tashlashlari mumkin bo`ladi.