Ro`ziqul Berdiev: Uydagi bahsda g`alaba qozonishimiz kerak edi

“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi raqibimiz – juda tajribali o`yinchilardan iborat jamoa edi. Ular bugun himoyada yaxshi o`yin ko`rsatishdi, qolaversa qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishdi. Bugun g`alabani ko`zlab maydonga chiqqan edik. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi. Lekin raqibimiz ham yomon o`ynamadi. Uyda g`alaba qozonishimiz kerak edi, shu sababdan bugun 2 ochko yo`qotdik, deb o`ylayman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb