Hamidjon Aktamov: Bugun muxlislarga yoqadigan o`yin bo`ldi

“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun muxlislarga yoqadigan ajoyib o`yin bo`ldi. Bugungi bahs, shaxsan menga juda ham ma`qul keldi. Bugun bizning jamoamizda ham ko`plab qulay imkoniyatlar bo`ldi. Lekin ulardan unumli foydalanishda biroz omadimiz kelmadi. Agar o`sha vaziyatlardan foydalanganimizda, uyga 3 ochko bilan qaytgan bo`lardik. To`g`risi, “Nasaf” jamoasiga hamisha havas ko`zi bilan qaraganman. Ushbu klubning infratuzilmasi, yoshlardan iborat jamoasi ko`rsatadigan o`yin menga juda yoqadi. Bugun ikki jamoa ham teng o`yin namoyish etdi va yakunda do`stlik g`alaba qozondi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb