“So`g`diyona” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ulug`bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun garchi g`alabaga erishgan bo`lsak-da, nimagadir namoyish etayotgan o`yinimizdan to`liq qoniqish xosil qilmayapman. Shu sababdan ishlashda, xatolarimizni bartaraf etishda davom etamiz. Keyingi o`yinlarda sifatli, chiroyli o`yin ko`rsatishga urinamiz. Bugun maydonda ter to`kkan yigitlardan minnatdorman, lekin o`yinimizdan to`la qoniqmaganimni ta`kidlay olaman, - deya fikr bildirdi mutaxassis.