Ildar Sakaev: Bugun bir-biriga o`xshamagan ikki xil taymlarni o`tkazdik

“So`g`diyona” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun bir-biriga o`xshamagan ikki xil taymlarni o`tkazdik. Birinchi bo`limda oddiy xatolarga yo`l qo`ydik va ushbu xatolar darvozamiz ishg`ol etilishiga olib keldi. Ikkinchi bo`limda esa o`yinimiz ancha qovushdi. G`alabaning asosiy tamal toshi – bu himoyadagi mustahkam va ishonchli o`yindir. Safarda o`ynagimiz bois mezbonlar hujumga ko`proq o`tishi tayin edi. Biz esa himoyada xato qilmasligimiz lozim edi. Natijaga men javobgarman, shunday ekan bugungi mag`lubiyatdagi ayb mening zimmamda, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb