Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni – Sanjar Quvvatov

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artelsavdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. CocaCola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan aprel oyida CocaColaSuperligada 4 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur o`yinlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`lishdi.   

CocaColaSuperliga jamoalari murabbiylar, sardorlari hamda muxlislar o`rtasida tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Paxtakor” posboni Sanjar Quvvatov (4 o`yin – 2 quruq o`yin – 3 seyv) Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb