Liga kubogi musobaqasiga qur`a tashlandi

2019 yilgi mavsumdan boshlab O`zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o`rtasida O`zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi. Taqvimda mazkur musobaqa o`yinlari uchun alohida kunlar belgilangan.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash`al” hamda “Sho`rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O`zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan litsenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O`zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o`ynash imkoniyatiga ega bo`ladi. Zero, O`zbekiston kubogida g`olib chiqqan jamoada Osiyo Chempionlar ligasi yo`llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, litsenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo`l qo`yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Har bir guruhda dastlabki ikki o`rinni egallagan jamoalar chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so`ngida final o`yini. 

 

A guruhi

Sho`rtan

So`g`diyona

Dinamo

Surxon

 

B guruhi

Paxtakor

Qo`qon-1912

Lokomotiv

Buxoro

 

 

C guruhi

Metallurg

Bunyodkor

Qizilqum

AGMK

 

 

D guruhi

Mash`al

Andijon

Nasaf

Navbahor

 

Liga kubogi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari 31 may – 1 iyun kunlari bo`lib o`tadi.  

Qaysi jamoa o`z uchrashuvini qaysi sanada o`tkazishi ertaga PFL rasmiy saytida e`lon qilinadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb