Bilasiz, joriy yildan e`tiboran Professional futbol ligasi klublar uy stadionlari maydoni yaxshi holatda bo`lishiga juda jiddiy e`tibor qatarmoqda. Natijada mavsum boshidan buyon qator stadionlar maysasi yangilandi.
10-12 may kunlari CocaCola Superliga jamoalari 8-tur doirasidagi uchrashuvlarni o`tkazishadi.
Tur doirasida “Bunyodkor” “Qo`qon-1912” bilan bahs olib boradi. Ayni paytda “Milliy” stadion maydoni holatini yaxshilash jarayoni bo`yicha so`ngi bosqichdagi ishlar amalga oshirilayotgani sabab “Bunyodkor” klubi “Qo`qon-1912” jamoasini TTYMI stadionida qabul qilish bo`yicha PFLga murojaat qildi.
Shu tariqa “Bunyodkor” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi 12 may, yakshanba kuni soat 17:15da TTYMI o`yingohida bo`lib o`tadi.