Bilasiz, ertadan CocaCola Superligada 8-tur uchrashuvlari start oladi.
Mazkur tur doirasida “Nasaf” jamoasi o`z maydonida “Qizilqum” bilan bahs olib boradi. Aslida mazkur bahs 10 may, juma kuni soat 18:50da start olishi ko`zda tutilgan edi.
Stadionlarga muxlislar tashrifini oshirish maqsadida O`zbekiston professional futbol ligasi viloyatlar hokimliklari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi mazkur tur o`yini oldidan muxlislar uchun bayram shodiyonalari uyushtirishni rejalashtirgan. Qolaversa, uchrashuvga shaxsan viloyat hokimining tashrif buyurishi ham ko`zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosiga asosan mazkur o`yin soat 20:00da boshladigan bo`ldi.