“Andijon”: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo`llab-quvvatlaymiz

Yaqinda O`zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo`l” nomli xayriya aktsiyasi tashkil etilgandi.

“Andijon” futbol klubi ham mazkur xayrli ishda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Kuni-kecha jamoa a`zolari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga tashrif buyurdi.

Ushbu shifoxonada futbolchilar saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan voyaga etmagan bolalar bilan uchrashib, ularga estalik sovg`alarni ulashdi hamda dildan suhbatlashgan xolda, yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qildi.

Klub matbuot xizmatining ma`lumot taqdim etishicha, “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida ishtirok etishi uchun jamoa tomonidan 2006 yilning 24 iyul kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tavallud topgan Abdusalomov Jahongir Ikromjon o`g`li tanlab olindi. Jahongirning xayriya aktsiyasida ishtirok etishi uchun, uning ommaviy axborot vositalarida keng tarzda targ`ib etilishiga onasi Mahfuzaxon Dadajonova qarshi emasligini ta`kidladi. Voyaga etmagan J.Abdusalomovga moddiy yordam ko`rsatish maqsadida shu kunlarda uning otasi Ikromjon Dadajonovning nomiga plastik kartochkasi ochilmoqda. Bu borada keyinroq yana batafsil ma`lumot beramiz. 

Nasib etsa 16 may kuni Coca Cola Superligasining 9-turidan o`rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o`yiniga Jahongir ham tashrif buyuradi va o`yin avvalida jamoaviy rasmga tushish, uchrashuvni ramziy ma`noda boshlab berish va o`yindan keyingi matbuot anjumanida bevosita ishtirok etish kabi tadbirlarda qatnashadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb