10-12 may kunlari Coca Cola Superliga jamoalari 8-tur doirasidagi uchrashuvlarni o`tkazishadi.
Tur doirasida “Bunyodkor” “Qo`qon-1912” bilan bahs olib boradi. Mazkur o`yinda “qaldirg`ochlar” an`anaviy ko`k rangdagi libosda o`ynaydi. Qo`qonlik futbolchilar esa oq sport formalarida maydonga chiqishadi.
Ta`kidlash joiz, “Bunyodkor” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi 12 may, yakshanba kuni soat 17:15da bo`lib o`tadi.