Ushbu hafta oxirida CocaCola Superligada 8-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Turning markaziy qarama-qarshiligida mamlakatimizning ikki grand klublari – “Paxtakor” va “Navbahor” to`qnash keladi. Ushbu bahsda mezbonlar – “sherlar” an`anaviy sariq-ko`k futbolka, ko`k shorti va ko`k getrilarda harakat qilishadi. “Lochinlar” esa qizil-qizil-qizil sport liboslarida maydonga chiqishadi.
Ta`kidlash joiz, “Paxtakor” — “Navbahor” bahsi 11 may, shanba kuni soat 19:45da “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi.