Ushbu hafta oxirida CocaCola Superligada 8-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Mazkur turda “Dinamo” o`z maydonida AGMK bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda samarqandliklar ko`k rangdagi libosda maydonga chiqishadi. Olmaliqliklar esa sariq futbolka, qora shorti va qora getrilarda maydonda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Dinamo” — AGMK uchrashuvi 11 may, shanba kuni soat 17:30da “Dinamo” stadionida bo`lib o`tadi.